AsosiyJamiyat

Farg`onada 34 yoshli yigit xotinining akasini vahshiylarcha o`ldirdi

'Farg`onada 34 yoshli yigit xotinining akasini vahshiylarcha o`ldirdi'ning rasmi

Janjalga oilaviy kelishmovchiliklar uchun kuyovini “tarbiyalab” qo`yish uchun qaynakaning aralashuvi sabab bo`lgan, deya xabar berilmoqda.

Sud hujjatlariga tayanib aniqlanishicha, Mirzaev Vohid Valievich, 1985 yil 1 avgustda Farg`ona viloyatida tug`ilgan, o`zbek, O`zbekiston fuqarosi, ma`lumoti o`rta, oilali, bir nafar farzandi bor, sudlanmagan, ishlamagan 2019 yil 15 mayda qamoqqa olingan Vohid Mirzaev O`zbekiston Respublikasi Jinoya kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan 15 yil ozodlikdan mahrum qilindi.

Sudning hukmiga ko`ra, Vohid Mirzaev kuni turmush o`rtog`i X.M. bilan oilaviy kelishmovchilik sababli janjallashgani haqida X.M. akasi J.M.ga aytganida, J.M., V.M. bilan gaplashib olish uchun B.A. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli taksida uyiga borib, uni Furqat tumanidagi “Sherali Xamzaliev” fermer xo`jaligi shiyponi yo`liga olib borib, u bilan mushtlashib ketib, janjal davomida qo`lidagi pichoq bilan J.M.ga tashlanib, chap ko`krak qafasi orqa tomoni va boshqa sohalariga bir necha marta urib, uni qasddan o`ldirganlikda aybli deb topilgan.

Boshqa yangiliklar