1

Yashirilgan soatlar “yashil” yo`lakda “chiqillab” qoldi

Jinoyat 28.10.2019, 15:04
Yashirilgan soatlar “yashil” yo`lakda “chiqillab” qoldi

Tovar moddiy boyliklarini yashirin yo`llar bilan olib o`tishga bo`lgan urinishlar bojxona organlari tomonidan o`z vaqtida bartaraf etilmoqda. 

Jumladan, “Toshkent” xalqaro aeroportiga xorijiy reys bilan uchib kelgan fuqaro X.X.ning xatti-harakatlari bojxonachilar etiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, uning yuklari orasida bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan jismoniy shaxslar uchun belgilangan olib kirish me`yoridan ortiqcha bo`lgan, umumiy qiymati 19 million so`mni tashkil etuvchi 60 dona “al harameen” nomli qo`l soatlari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1