1

Televizorlarni yashirin yo`llar bilan olib kirishga bo`lgan urinish fosh etildi

Jinoyat 28.10.2019, 16:03
Televizorlarni yashirin yo`llar bilan olib kirishga bo`lgan urinish fosh etildi

Tovar moddiy boyliklarini mamlakatimizga yashirin yo`llar bilan olib kirishga bo`lgan urinishlarga qarshi bojxonachilar tomonidan samarali kurash olib borilmoqda.

Xususan, Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida yana bir bojxona qonunbuzilishi holatiga chek qo`yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Do`stlik tumanida fuqaro Ya.Sh. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtotransporti tezkor kuzatuvga olinib to`xtatildi va belgilangan tartibda tekshiruvdan o`tkazildi. Natijada, avtomashinada fuqaro S.A.ga tegishli bo`lgan va hujjatlari bo`lmagan umumiy qiymati 56,4 million so`mlik 47 dona televizorlar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1