Bosh prokuratura qalbaki pul tayyorlash va uni o`tkazish yuzasidan bayonot berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahar bo`limi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.M. har biri 100 AQSh dollari kupyurasidagi 21 dona 2.100 AQSh dollari miqdoridagi qalbaki valyuta qimmatliklarini fuqaro U.T.ga 1.000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.M.ga nisbatan JKning 176-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.