2014 yilning 28-29 oktyabr kunlari Urganch shahrida bo`lib o`tgan “Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo`yicha hamkorlikni rivojlantirish” mavzusidagi konferensiya yakunlariga ko`ra 31 ta loyiha amalga oshirilmoqda, deya xabar qilmoqda ut.uz.
Loyihalar O`zbekiston Respublikasi hamda xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar moliya institutlari, donor-davlatlar bilan ikki tomonlama kelishuv va shartnomalar asosida amalga tatbiq etiladi.
Mahalliy va hududiy loyihalarning umumiy qiymati 3 milliard dollarni tashkil etadi. Shuningdek, ularni amalga oshirish uchun umumiy qiymati 1.9 milliard dollarga teng uzoq muddatli kredit hamda 200 million dollarlik grant olish ham mo`ljallangan.
Orolbo`yida ijtimoiy-qitisodiy va ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan loyihalar diorasidagi ob`ektlarning asosiy qismi Qoraqalpog`iston Respublikasiga to`g`ri keladi.
Bundan tashqari xuddi shu maqsadni ko`zlagan 2015-2018 yillarga mo`ljallangan komleks dasturni ishlab chiqish ham boshlandi.





