Ertaga 29 oktyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi 8-mavze hududiga qarashli 1426-sonli transformator punktidagi kabel tarmoqlarining almashtirilishi sababli ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida, tumandagi “Yoshlar ittifoqi” binosi va “Qatortol” bozorida soat 10:00 dan 17:00 qadar elektr energiyasida vaqtinchalik uzilish bo`ladi.
Shuningdek, Uchtepa tumani “Chamanzor” mahallasi hududidagi “Birlik”, “Mehribon”, “Yusuf Sakkokiy”, 4, 5, 6, 7-tor, “Mirxund”, “Dongdor” ko`chalaridagi 2463-sonli transformator punktida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo`yicha mukammal ta`mir ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida soat 09:00 dan 17:00 qadar elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar bo`ladi.