1

Tamaki mahsulotlari bilan bog`liq jinoyatlar fosh etilmoqda

Jinoyat 29.10.2019, 09:20
Tamaki mahsulotlari bilan bog`liq jinoyatlar fosh etilmoqda

Bojxona hodimlarining tezkor tekshiruv ishlari natijasida respublikamizning turli hududlaridagi jinoyatlar fosh etilmoqda. Davlat Bojxona qo`mitasining habari berishicha, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan o`tkazilgan o`zaro hamkorlikdagi tadbiri davomida bojxona qonunbuzilishi holatining o`z vaqtida oldi olindi.

Tadbir davomida fuqaro M.O. ikki mamlakat chegarasini ajratib turuvchi sim to`siqlar orqali noqonuniy tarzda yurtimizga umumiy qiymati 44 million so`mlik 2790 quti tamaki mahsulotlarini olib kirayotgan vaqtida qo`lga olindi.

Namangan viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda Namangan viloyati Chortoq tumanida tezkor tadbir o`tkazildi.

Tadbir davomida chegara oldi hududida xarakatlanayotgan fuqaro M.I.ga tegishli yuklar belgilangan tartibda, xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi.

Natijada, uning yuklari orasidan tegishli hujjutlari bo`lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan qiymati 80 million so`mlik 8 ming quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1