1

Tovar moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

Jinoyat 29.10.2019, 13:09
Tovar moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga  chek qo`yildi

Bojxona organlari tomonidan tovar moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazdi. 

Tezkor tadbir davomida kuzatuvga olingan fuqarolar J.A., S.O. hamda M.Sh.lar to`xtatilib, ularning yuklari belgilangan tartibda ko`zdan kechirildi. 

Natijada, ushbu shaxslarga tegishli bo`lgan sumkalarda umumiy qiymati 51 million so`mlik 600 dona shampun va 2402 dona gigienik dezodarantlar borligi aniqlandi.

Shuningdek, tadbir davomida yana bir qonunbuzarning qing`ir qilmishi fosh etildi.

Do`stlik tumanida harakatlanib ketayotgan, tezkor kuzatuvga olingan “Isuzi” rusumli yuk avtoulovi to`xtatilib belgilangan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan o`tkazildi. 

Natijada, avtomashina yukxonasida fuqaro B.N.ga tegishli bo`lgan, hech qanday hujjatlari bo`lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 62,3 million so`mlik 49 dona televizorlar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1