1

39 480 dona tramadolni tashlab qochishga urinish naf bermadi

Jinoyat 29.10.2019, 13:19
39 480 dona tramadolni tashlab qochishga urinish naf bermadi

Yurtimizga inson ruhiyatiga kuchli ta`sir qiluvchi va mamlakatimizda muomalasi cheklangan dori vositalarining noqonuniy olib kirilishga bo`lgan urinishlarga qarshi bojxonachilar tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.     

Jumladan, Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi va Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari DXX Davlat chegaralarini himoya qilish qo`mitasi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida “tramadol” dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi.

Tezkor tadbir davomida, Keles shahri markaziy stadioni yaqinida turgan “Matiz” rusumli transport vositasi yoniga tezkor guruh xodimlari yaqinlashganida, haydovchi ularni payqab qolib, avtomashinasidagi qutini erga uloqtirib, qochishga urinadi. 

Tadbir davom ettirilib, haydovchi to`xtatildi. Aniqlanishicha, fuqaro X.Sh. uloqtirgan qutida jami 39 480 dona “Tramadol lannaxer 50 mg.” dori vositasi borligi aniqlandi.

 Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

 

 

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1