1

Odamlarni chuv tushirgan chinozlik “Ahmadboy”ga nisbatan yana jinoyat ishi ochildi

Jinoyat 29.10.2019, 14:53
Odamlarni chuv tushirgan chinozlik “Ahmadboy”ga nisbatan yana jinoyat ishi ochildi

Toshkent viloyati Chinoz tumanida moliyaviy piramida tashkil qilib o`zbekistonlik ko`p sonli insonlarni pullarini ikki baravar qilib qaytarib berish sharti bilan millionlarga “tushirgan” Tursunboev Ahmadjon Hamitovich (Ahmadboy)ga nisbatan 2018 yilning 21 fevral kuni jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent viloyati sudida hukm o`qilgan edi.

Hukmga ko`ra, Ahmadjon Tursunboev (Ahmadboy) uzil-kesil o`tash uchun 13 yil ozodlikdan mahrum etilgan edi.

 “Jahon.uz” internet nashrining sud tizimidagi manbasiga ko`ra, Ahmadjon Tursunboevga nisbatan Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo`yicha sudida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-modda 3-qismi a-bandi v-bandi (Firibgarlik)) bilan yangi jinoyat epizodi bo`yicha jinoyat ishini ko`rib chiqish boshlangan.

Da`vogarlar Shamuradov Sherzod Rustamovich, Uzakbaev Risbay Pardabaevich, Abdusamiev Atxamjon Avduvali o`g`lining arizasiga ko`ra ochilgan 1-11-1907/45-sonli jinoyat ishini sudya Shermuxamedov Xayriddin Asamiddinovich ko`rishni boshlagan.

Bu jinoyat ishi doirasida “Ahmadboy” bilan birga, uning 15 nafar (bir ayol kishi ham bor) sherigi ham ayblanuvchi sifatida qatnashmoqda.

Jumladan, Kuchkarov Olmos Ismailovich, Ibragimov Izzatilla Axmadjanovich, Tursunbaev Murodjon Yuldashevich, Turunbaev Oybek Baxrom o`g`li, Turdiev Azizjon Izzatillaevich, Shernazarov Xasan Eshmirzaevich, Djo`raev Yunusali Meylievich, Dushanov Sherzod Shukurjon o`g`li, Mamutov Enver Ibragimovich, Dadaev Nurutdin Zomonovich, Soliev Laziz Abdullaevich, Irmatov Shakirbek Salimbekovich, Toshmatov Ergash Xakimovich, Isoqov Oybek Yusufbekovich, Islamova Nargiza Axmatjonovna ham O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-modda 3-qismi a-bandi v-bandi (Firibgarlik) jinoyat bilan dastlabki tergov organi tomonidan aybdor deb topilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1