AsosiyJamiyat

3-noyabr kuni Samarkand shahrining bir qator ko`chalarida transport harakati to`xtatiladi

'3-noyabr kuni Samarkand shahrining bir qator ko`chalarida transport harakati to`xtatiladi'ning rasmi

Joriy yilning 1-3 noyabr kunlari Samarqand shahrida “Xalqaro yarim marafon” o`tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan tadbirlar bo`lib o`tadigan hududlarda jamoat tartibini saqlash va marafonni namunali tashkil etish maqsadida Samarqand shahar hokimi B.Oblaqulov farmoyish qabul qildi. Bu haqida hokimlik matuot xizmati ogohlantirmoqda. 

Unga ko`ra, 3-noyabr kuni  soat 05:00 dan 15:00 ga qadar shahrimizning quyidagi ko`chalarida transport vositalarining harakati vaqtincha to`xtatiladi:

- Registon ko`chasining “Non bozorchasi” oldidan Universitet xiyobonigacha bo`lgan qismida;

- Dahbed ko`chasining Registon ko`chasi bilan kesishgan chorrahasidan Rudakiy  ko`chasigacha  bo`lgan  qismida;

- Bog`imaydon ko`chasining Dahbed ko`chasi bilan tutashmasidan Qo`shhovuz ko`chasigacha  bo`lgan  qismida;

- Imom Al-Buxoriy ko`chasining Dahbed ko`chasi bilan tutashmasidan Shohi Zinda ko`chasigacha bo`lganqismida;

- Maroqand ko`chasining Imom Al-Buxoriy ko`chasi bilan kesishgan chorrahasidan, Ibn Sino ko`chasigacha bo`lgan qismida;

- Chorrahako`chasining Dahbed ko`chasi bilan tutashmasidan Bibixonim ko`chasigacha bo`lgan qismida;

- Ruhobod ko`chasining Registon ko`chasi bilan tutashmasidan Amir Temur maqbarasi orqali Universitet xiyobonigacha bo`lgan qismida;

- Universitet xiyoboni ko`chasida;

- G-34 yo`lining Universitet xiyobonidan Muqumiy ko`chasi bilan kesishgan chorrahasigacha bo`lgan qismida;

- Bo`stonsaroy ko`chasining Rudakiy ko`chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyobonigacha bo`lgan qismida;

- Amir Temur ko`chasini Bo`stonsaroy ko`chasi bilan kesishgan chorrahasidan Abdurahmon Jomiy ko`chasigacha bo`lgan qismida;

- A.Jomiy ko`chasini Amir Temur ko`chasi bilan kesishgan chorrahasidan Mirzo Ulug`bek ko`chasigacha bo`lgan qismida; 

- Mirzo Ulug`bek ko`chasining Abdurahmon Jomiy ko`chasi bilan kesishgan chorrahasidan Bo`stonsaroy ko`chasigacha bo`lgan qismida;

- Ibn Sino ko`chasining Rudakiy ko`chasi bilan kesishgan chorrahasidan Oydin yo`l ko`chasigacha bo`lgan qismida;

- Vohid Abdullaev ko`chasining Ibn Sino ko`chasi bilan tutashmasidan            Hazrati Xizr masjidigacha bo`lgan qismida;

- Islom Karimov ko`chasining Hazrati Xizr masjididan Shohi Zinda ko`chasigacha bo`lgan qismida;

- Shohi Zinda ko`chasi “Siyob” dehqon bozoridan Ulug`bek observatoriyasigacha bo`lgan qismida;

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati

    Boshqa yangiliklar