Joriy yil 28 oktyabr kuni soat taxminan 19:55da Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Gurin MFY hududida “Kamaz” va “Matiz” avtomobillari to`qnashishi natijasida 4 nafar fuqaro turli darajada jarohatlangan.
Ushbu holat yuzasidan tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga zudlik bilan etib borgan. Yo`l-transport hodisasi oqibatida jarohatlangan 4 nafar bemor: 1982 yilda tug`ilgan X.B. “Bosh miya yopiq jarohati, ikkala oyoq sinishi” tashxisi, 1982 yilda tug`ilgan S.M., 2010 yilda tug`ilgan L.R. hamda 2013 yilda tug`ilgan M.R.lar “Bosh miya yopiq jarohati” tashxislari bilan Sherabod tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo`limiga yotqizilgan.
Joriy yilning 28 oktyabr kuni soat taxminan 20:00 da Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidan o`tgan “M-39” yo`lida “Damas” va “Jiguli” avtomobillari to`qnashishi natijasida 4 nafar fuqaro turli darajada jarohatlangan.
Mazkur yo`l-transport hodisasi yuzasidan tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga zudlik bilan etib borgan. Jarohatlangan bemorlar: 1996 yilda tug`ilgan A.G. “Bosh miya lat eyishi, qorin bo`shlig`i a`zolarining yopiq shikastlanishi” tashxisi, 1985 yil tug`ilgan Sh.J. “Bosh miya chayqalishi” tashxisi, 1992 yilda tug`ilgan J.E. “Bosh miya lat eyishi, pastki jag` suyagining yopiq sinishi, qorin bo`shlig`i a`zolarining yopiq shikastlanishi” tashxisi hamda 1985 yilda tug`ilgan S.M. esa “Ochiq kalla miya shikastlanishi, ikkala son bo`laklanib sinishi, o`ng elka suyagining ochiq bo`laklanib sinishi. Postgemorragik va posttravmatik shokning og`ir darajasi” tashxisi bilan Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo`limiga yotqizilgan. Ularga sifatli tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.
Bemorlar malakali shifokorlar tomonidan ko`rikdan o`tkazilib, zamonaviy davolash standartlari asosida tibbiy yordam ko`rsatilmoqda, deya xabar beradi Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi.






