O`zbekiston milliy terma jamoalari tarkibiga sportchilarni saralab olish tizimini rivojlantirish to`g`risida Vazirlar Mahkamasi qarori muhokama uchun joylashtirildi.
Unga ko`ra:
Aholining qiziqishi va xohish-istaklaridan kelib chiqib, har bir tuman (shahar) hamda oliy ta`lim muassasalari ma`lum sport turlariga ixtisoslashtiriladi;
Iqtidorli sportchilar O`zbekiston milliy terma jamoalari tarkibiga saralanadi;
Sport turlariga ixtisoslashtirilgan tuman (shahar)larning ta`lim muassasalari o`quvchilari o`rtasida “maktab ligasi” hamda oliy ta`lim muassasalari talabalari o`rtasida “talaba ligasi” musobaqalarini tashkil etiladi.
Shuningdek, Qaror loyihasida tuman, shahar va OTMlarni sport turiga ixtisoslashtirish bo`yicha asosiy vazifalar ham bergilab berilgan.






