AsosiyJinoyat

Marhamatlik hamshira 400 dollar pora bilan ushlandi

'Marhamatlik hamshira 400 dollar pora bilan ushlandi'ning rasmi

Bugungi kunda “o`qishga kiritib qo`yaman”, “uy olib beraman”, “ishga joylab qo`yaman”, deb odamlarni aldab, ko`pchilikni chuv tushirayotgan firibgarlar ham, afsuski, uchrab turibdi. Ayniqsa, keyingi vaqtlarda firibgarlik yo`li bilan birovlarning mulkini qo`lga kiritish holatlari ko`payib, ularning sodir etish usullari ham turlicha bo`la boshladi.

Bu kabi holatlarni oldini olish maqsadida huquq tartibot idoralari xodimlari tomonidan bir qator targ`ibot tadbirlari, davra suhbatlari o`tkazilmoqda. Shunday bo`lsada hali ham firibgarlarning tuzog`iga tushib qolayotgan yurtdoshlarimiz uchrab turibdi.

Marhamat tumanida yashovchi fuqaro Z. R ana shunday insonlardan. U tibbiyot kollejini bitirgach tuman tibbiyot birlashmasiga ishga kirish maqsadida ekanligini shu muassasada ishlovchi M.Q.ga aytadi. M.Q. esa uning bu istagini amalga oshirish qiyinligini, rahbarlar orasida o`zining yaqinlari borligini agar rozi bo`lsa 400 dollar evaziga gaplashib berishini aytadi. Z. R. esa buncha puli yo`qligini bildirsada, imkon qilsa kelishini mumkinligi bo`yicha javob oladi.

Hamyurtining harakatlaridan shubhalangan ayol mazkur holat yuzasida tuman ichki ishlar bo`limiga murojaat qiladi. Mazkur murojaat asosida joriy yilning 13 sentyabr kuni tezkor tadbir o`tkazildi.

Natijada o`zini Marhamat tumani, tibbiyot birlmashmasiga qarashli tez yordam bo`limi hamshirasi deb tanishtirgan M.Q. 400 AQSh dollarini olgan vaqtda ushlandi.

Hozirda, mazkur holat yuzasidan Marhamat tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan M.Kurbonovaga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan ayblov e`lon qilingan va tegishli sud muxokamasiga yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar