1

O`zbekistonda regbi bo`yicha mutaxassislar tayyorlanadi

Sport 30.10.2019, 09:35
Teglar: regbi
O`zbekistonda regbi bo`yicha mutaxassislar tayyorlanadi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekistonda regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori e`lon qilindi.

Qarorga muvofiq, har bir ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida regbi bo`limlari ochiladi.

Shuningdek, regbi bo`yicha sport musobaqalarini o`tkazishning quyidagi to`rt bosqichli tizimi joriy etiladi:

 birinchi bosqichda – sport klublari, seksiyalari jamoalari o`rtasidagi sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok);

 ikkinchi bosqichda – sport klublari, seksiyalari o`rtasidagi musobaqalarda g`olib chiqqan jamoalar o`rtasida tuman (shahar) sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok);

 uchinchi bosqichda – tuman (shahar) sport musobaqalarida g`olib chiqqan jamoalar o`rtasida hududiy sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok);

to`rtinchi bosqichda – hududiy sport musobaqalarida g`olib chiqqan jamoalar o`rtasida respublika sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok) tashkil etiladi.

Bundan tashqari, qaror bilan 2019-2022 yillarda respublikada regbini yanada kompleks rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

O`zbekiston regbi federasiyasi, uning hududiy bo`linmalari, professional regbi klublari O`zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan regbi sport uskunalari, inventar va maxsus professional sport anjomlarini olib kirganlik uchun 2023 yil 1 yanvarga qadar bojxona to`lovlaridan ozod etiladi.

2020/2021 o`quv yilidan O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida hamda O`zbekiston Milliy universitetida regbi bo`yicha mutaxassislarni tayyorlovchi yo`nalishlar ochiladi.

Sharhlar

Regbi bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi o`quv-yig`in mashg`ulotlarini olib bormoqda

15.01.2022, 00:42

Regbi-7 bo`yicha O`zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalarini ham yangi mavsumda bir qator musobaqalar kutib turibdi. Ular orasida mart oyida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1