AsosiyJamiyat

Xorazmlik tadbirkorlar 4 ta avtobus va 7 ta mikroavtobus sotib olishdi

'Xorazmlik tadbirkorlar 4 ta avtobus va 7 ta mikroavtobus sotib olishdi'ning rasmi

Yangiariq tumani aholisiga yo`lovchi tashish xizmatlarini taklif etayotgan “Yangiariq trans servis“ MChJ “Ipotekabank” Xorazm viloyat filialidan 3 yil muddatga, yiliga 24 foiz to`lov asosida 1 mlrd.168 mln. so`m pul krediti hisobidan, Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan “FOTON CS2” rusumli 7 ta mikroavtobus olib keldi. Bu haqida Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

– Mikroavtobuslarning 4 tasini "Yangiariq-Urganch" yo`nalishiga, 3 tasida esa turizm yo`nalishi bo`yicha Xiva shahri aholisi va xorijlik mehmonlarga xizmat ko`rsatishini rejalashtirayapmiz, – deydi “Yangiariq trans servis“ MChJ rahbari Jumamurod Qutliev.

Ma`lum bo`lishicha olib kelingan mikroavtobuslar qatnovi yo`lga qo`yilishi bilan korxonada qo`shimcha ravishda 10 ta ishchi o`rni ochilib, mikroavtobuslar tomonidan kuniga 1500-2000 nafar yo`lovchilarga xizmat ko`rsatilmoqda. 

“Xo`jabobojon" MChJ tomonidan esa Xalq banki Gurlan tumani filialidan 3 yil muddatga 1 mlrd. 400 mln.so`m miqdorida kredit olinib, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan ISUZU rusumli 4 ta avtobus sotib olindi. Xarid qilingan avtobuslar “Gurlan-Urganch” yo`nalishiga qo`yilishi rejalashtirilmoqda.

Boshqa yangiliklar