1

Noyob madaniy boyliklarning yurtimizdan olib chiqib ketilishining oldi olindi

Jinoyat 30.10.2019, 10:01
Noyob madaniy boyliklarning yurtimizdan olib chiqib ketilishining oldi olindi

“Madaniy boyliklarni olib chiqish va olib kirish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi doirasida Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari ham madaniy boyliklarni noqonuniy olib chiqilishi bilan bog`liq yirik qonunbuzarlikka chek qo`yishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

“Sirdaryo” chegara bojxona postiga “Lasetti” avtomashinasida kirib kelgan fuqaro X.D.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi. Shundan so`ng avtomobil va uning tirkamasidagi yuklar haydovchi va xolislar ishtirokida bojxona ko`rigidan o`tkazildi.

Natijada, ushbu shaxs deklarasiyada ko`rsatilmagan va bojxonachilarning og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan, Madaniyat vazirligining tegishli ruxsatnomasi bo`lmagan, 32 dona turli ko`rinishdagi haykallar, 1 dona ikona, 1 dona xoch, 12 dona ko`za hamda 1 dona vazalarni yashirincha olib chiqmoqchi bo`lganligi aniqlandi. 

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Badiiy ekspertiza xulosasiga ko`ra, ushbu madaniy boyliklar XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida Xitoy davlati hamda IX asr oxiri va XX asr boshlarida G`arbiy Evropa davlatlarida ishlab chiqarilganligi va ularning umumiy qiymati  2 milliard so`mdan ortiqni tashkil etishi ma`lum bo`ldi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1