AsosiyJamiyat

Oltiariqda “Kadastr” xodimi 30 000 AQSh dollari talab qildi

'Oltiariqda “Kadastr” xodimi 30 000 AQSh dollari talab qildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg`ona viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqida darakchi.uzga Bosh rokuratura matbuot xizmati ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, «Er tuzish va ko`chmas mulk kadastri» davlat korxonasi Oltiariq tuman filiali mutaxassisi E.M. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqarolar O.N. va F.T.larning ishonchiga kirishadi. 

Shundan so`ng «M» fermer xo`jaligiga tegishli takroriy ekindan bo`shagan 5 gektar er maydonini fuqaro O.N.ning nomiga bog`dorchilik yo`nalishi uchun ajratib berish va tuman hokimining qarorini chiqartirib berish evaziga 30 000 AQSh dollari talab qiladi.

Biroq, E.M 22 000 AQSh dollari va 28,5 mln. so`m pullarni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan «Er tuzish va ko`chmas mulk kadastri» davlat korxonasi Oltiariq tumani filiali 2-toifali mutaxassisi E.M. va boshqalarga nisbatan JKning 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar