AsosiyJamiyat

«Asaka banki»dan olingan katta miqdordagi kredit boshqa maqsadda ishlatildi

'«Asaka banki»dan olingan katta miqdordagi kredit boshqa maqsadda ishlatildi'ning rasmi

Bosh prokuratura matbuot xizmatining darakchi.uz’ga xabar berishicha, Jizzax shahrida «Asaka banki»dan olingan kaatta miqdordagi kredit mablag`lari boshqa maqsadlarda ishlatilib yuborilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax shahar bo`limi tomonidan AT«Asaka bank» Jizzax viloyat filialining murojaati yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Jizzax shahridagi “A.D.S” MChJ mansabdor shaxslari mansab vakolatini suiiste`mol qilib AT «Asaka banki» Jizzax viloyati filialidan ko`p qavatli uy-joylar qurish uchun olingan kredit mablag`larining 2 mlrd. 645 mln so`mini qurilish materiallari sotib olish uchun o`tkazgan. 

Biroq, belgilangan ob`ektda qurilish ishlarini olib bormasdan, boshqa maqsadlar uchun sarflab, juda ko`p miqdordagi kredit mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

            Mazkur holat yuzasidan “A.D.S” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar