2019 yilning 29 oktyabr kuni soat 08:17 da Samarqand shahri Zafar ko`chasida joylashgan 4-uyning 7-xonadonida yong`in sodir bo`layotganligi haqida yong`in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
Yong`inga 2 ta yong`in o`chirish texnikalari jalb etilgan. Voqea joyiga 5 daqiqada etib borgan yong`in o`chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong`in soat 08:25 da o`rab olingan va soat 08:50 da bartaraf etilgan.
Yong`in oqibatida yashash uyi oshxonasining 15 kv.metr maydonda ichki jihozlari yonib zararlangan. Yong`inni bartarf etish vaqtida 1952 y.t. uy bekasi fuqaro R.G.kuygan holda jasadi topilgan, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo`linmasi.
Hodisaning kelib chiqish sababi yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilganda, yuqorida ko`rsatilagan manzilda gaz uskunalalarini o`rnatish qoidalariga bo`zilganligi ma`lum bo`lgan.
Yong`inni taxminiy kelib chiqish sababi xonaga to`planib qolgan tabiiy gaz hidini sezmagan uy bekasi fuqaro R.G. elektr tarmog`idan foydalanish vaqtida uchqun chiqishi natijasida yuzaga kelgan chaqnash.
Hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib bormoqda.






