Toshkent shahar IIBB poytaxt ichki ishlar organlarida mavjud bo`lgan bo`sh profilaktika inspektori lavozimlariga ishga qabul qilish uchun tanlov e`lon qiladi.
Tanlov, joriy yilning 8 noyabr kuniga qadar soat 09.00 dan 18.00 gacha Toshkent shahar, Mirobod tumani, Sayid Baraka ko`chasi, 7-uyda joylashgan Toshkent shahar IIBB Kadrlar boshqarmasi binosidagi “Toshkent shahar Ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilish markazi”da bo`lib o`tadi.
Nomzodlarga qo`yiladigan talablar:
- oliy ma`lumotga ega bo`lishi hamda Toshkent shahrida yashovchi erkak (o`g`il bola) fuqarolar bo`lishi kerak;
- yosh toifasi – 30 yoshgacha (30 yoshdagilar ham);
- Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o`tagan yoki oliy ta`lim muassasalarining harbiy kafedrasini tugatgan bo`lishi shart.
Batafsil ma`lumot uchun 71-281-95-49 telefon raqamlari orqali Toshkent shahar IIBB Kadrlar boshqarmasiga murojaat qilish mumkin.