AsosiyJamiyat

"Xalq banki"ga yangi rais va o`rinbosar tayinlandi

'"Xalq banki"ga yangi rais va o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

Farxod Salamov aksiyadorlik tijorat Xalq banki Boshqaruvi Raisi etib tayinlandi.
Farhod Salomov 1979-yilda Samarqand viloyatida tug`ilgan. 2001-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2005-yilda AQShdagi Kolorado texnika universitetini tamomlagan.
«Xalqaro iqtisodiy munosabatlar» va «Biznes boshqaruvi» bo`yicha mutaxassis. Farxod Salamov 2001-yildan bank tizimida faoliyat ko`rsata boshlagan. F.Salamov AQShning US bankida direktor o`rinbosari bo`lib ishlagan.
Farxod Salamov 2018-yil oktyabridan buyon Xalq banki Boshqaruvi Raisi o`rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Shuningdek, Xalq banki Boshqaruvi Raisining birinchi o`rinbosari lavozimiga Dilmurod Nuritdinov tayinlandi. U bungacha Milliy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Boshqa yangiliklar