AsosiyJamiyat

Maxsus himoya kiyimi sinovdan o`tkazildi

'Maxsus himoya kiyimi sinovdan o`tkazildi'ning rasmi

IIV Maxsus operasiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Maxsus tayyorgarlik o`quv markazida 50 yillik ish faoliyatiga ega bo`lgan «Garant» Shveysariya–Germaniya kompaniyasi mutaxassislari tashrif buyurdi. Bu haqida ichki ishlar vazirgi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

 Shu munosabat bilan o`tkazilgan tadbirda kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan «SPS – 15» sapyorlik kostyumi namoyish etildi. Boshqarmaning otryad komandirlari va markaz xodimlari ishtirok etgan tadbirda kompaniya bosh direktori Mark Milevskiy himoya kostyumining afzalliklari, boshqa shu turdagi vositalardan farqlanishi, undan foydalanish tartibi haqida batafsil ma`lumot berdi.

– Xavfsizlikni ishonchli ta`minlash, har qanday xatarni o`z vaqtida kam talafot bilan bartaraf etish uchun etuk kadrlar bilan birga, so`nggi rusumdagi himoya vositalarining bo`lishi ham talab qilinadi, – deydi IIV MOMB boshlig`ining birinchi o`rinbosari, polkovnik Dilshod Inoyatov. – Hozir siz ko`rib turgan bu himoya kostyumi so`nggi avlod vositalaridan biridir. Kecha uni nazariy jihatdan o`rgangan edingiz, bugun amaliyotda sinab ko`ring. Hozir foydalanib kelinayotgan shu turdagi himoya kostyumidan nimasi bilan ustun, qanday afzallikka ega? Qanday kamchiliklari bor? Har biringizning fikringiz biz uchun muhim.

Shundan so`ng sapyorlik kostyumi amaliyotda sinovdan o`tkazildi. Mazkur himoya kiyimini kiyib olgan sapyor avtobus, engil mashina va samolyotga joylashtirilgan portlovchi qurilma maketlarini qidirib topish, neytral hududga olib o`tish, zararsizlantirish mashg`ulotlarini ado etdi. Har bir topshiriq komandirlar tomonidan boshqarib turildi.

–  Biz hozir foydalanib kelayotgan bunday kostmlarning og`irligi 38 kilogrammni tashkil etadi. Shuning evaziga unda harakatlanish ancha engil va qulay, – deydi markaz katta instruktor-o`qituvchisi, podpolkovnik Marsel Yagafarov. – Old himoya qismi ham ancha kuchaytirilgan. Undan ham ovoz, ham raqamli tugmachalar orqali aloqaga chiqish mumkin. Bosh shlemda videotasvirga olish imkoni mavjud bo`lib, u onlayn rejimida ishlaydi. Bu sapyor ko`rib turgan vaziyatni uzoqdagilar ham ko`rib turadi, deganidir. Aloqa sifati ham juda yaxshi.

    Boshqa yangiliklar