AsosiyJamiyat

G`isht sexi “schetchik” ko`rsatgichlarini o`zgartirib katta miqdorda zarar etkazdi

'G`isht sexi “schetchik” ko`rsatgichlarini o`zgartirib katta miqdorda zarar etkazdi'ning rasmi

 

 

"Bahor I.O." MChJ mansabdor shaxslari jamiyatga tegishli bo`lgan pishgan g`isht ishlab chiqarish sexi tomonidan tabiy gaz hisoblash uskunasining ko`rsatkichlarini o`zgartirganliklari aniqlandi. Bu haqida Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi ma`lum qildi.

Mazkur noqonuniy harakat oqibatida gaz ta`minoti hududiy filialining manfaatlariga 417,3 mln so`mlik zarar etkazilgan. 

Ayni paytda holat yuzasidan 2019 yil 30 oktyabr kuni MIB Navoiy shahar bo`limi tomonidan JKning 185-2-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar