1

Shuhrat G`aniev Bag`dodda barcha murojaatlarni joyida hal qildi

Jamiyat 31.10.2019, 11:58
Teglar: Shuhrat G`aniev
Shuhrat G`aniev Bag`dodda barcha murojaatlarni joyida hal qildi

Bag`dod tumanining “Oydinbuloq” mahalla fuqarolar yig`inida Farg`ona viloyati hokimi Shuhrat G`aniev ommaviy sayyor qabul o`tkazdi. Unda Qo`qon shahri va Bag`dod, Buvayda, Rishton, Uchko`prik tumanlaridan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko`rib chiqildi.

Markaziy Farg`ona cho`li tarkibiga kiruvchi “Oydinbuloq”da tashkil etilgan navbatdagi ochiq muloqotda ham viloyat hokimiga 42 ta murojaat kelib tushdi va ularning aksariyati shu kunning o`zidayoq hal etildi. Qo`shimcha muddat talab etilgan murojaatlar nazoratga olinib, qisqa muddatlarda hal etib berish yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlari hamda mas`ul xodimlarga topshiriqlar berildi.

Xususan:

Farg`onadagi “Mohigul” xususiy firmasi rahbari Mukarramxon Yusupova xitoylik hamkorlari bilan boshlagan loyihani amalga oshirish uchun Asaka bankidan 362 ming AQSh dollari miqdorida kredit olishda yordam so`rab murojaat qildi. Tadbirkorning mazkur masalasi bo`yicha mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifa yuklatildi; 

Qo`qon shahridan Umida Boltaboeva salomatligini tiklash uchun moddiy yordam ko`rsatish, Sanobarxon Akramova esa farzandlarini ish bilan ta`minlash, Rishton tumanidan Burhonjon Pochchaev tadbirkorlikni rivojlantirish kabi masalalardagi murojaatlarini joyida ijobiy hal etish choralari ko`rildi;

"Oydinbuloq" mahalla fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi 1-guruh nogironi Oydinoy Yo`ldosheva xonadoniga borilib, uy sohibasining orzusi bo`lgan kir yuvish mashinasi sovg`a qilindi. Shuningdek, tumani hokimi A.Tursunov bu oilaga ularning yana bir orzusi bo`lgan tikuv mashinasini shu kunning o`zida keltirib berishni va`da qildi hamda 1 million so`m moddiy yordam ko`rsatdi.

MFYda 670 ta xonadon bo`lib, ikki mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. “Obod qishloq” dasturi asosida o`ndan ortiq ko`chalar asfalt qilindi, bog`cha va maktab qayta ta`mirlandi. Kam ta`minlangan oilalarga byudjetdan tashqari mablag`lar va homiylarning tashabbusi bilan moddiy yordam ko`rsatildi. Shundanmi, sayyor qabulda oydinbuloqliklarning birontasi viloyat hokimiga murojaat qilmadi, deya xabar berilgan.

Sharhlar

Shavkat Mirziyoev: «Eplay olmasa, G`anievni ishdan olaman»

22.01.2021, 21:41

Avval xabar qilganimizdek, bugun davlat rahbari 22 yanvar kuni Buxoro viloyati xalq deputatlarining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etdi. Viloyat hokimi tasdiqlangan bu tadbirda Buxoro viloyati...
Shuhrat G`aniev koronavirus yuqtirib olgani aytilmoqda

12.10.2020, 20:53

Farg`ona viloyatining sobiq hokimi, yaqinda bosh vazir o`rinbosari lavozimida ish boshlagan Shuhrat G`aniev koronavirus yuqtirib olgani aytilmoqda. Bu haqda "xabar.uz" ma`lum qilmoqda.Unga ko`ra, Sh. G`aniev...
Bosh prokuratura Farg`ona viloyati xokimi bo`yicha surishtiruv boshladi

19.12.2019, 11:58

Bosh prokuratura tomonidan Internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda 2019 yil 14 dekabr kuni Farg`ona viloyati hokimi Shuhrat G`anievga mansubligi ta`kidlanib tarqatilgan audioyozuvlarning haqqoniyligi, qachon, qaerda...
Farg`ona hokimi nega javobgarlikka tortilmayotganiga Svetlana Ortiqova javob berdi (video)

19.12.2019, 11:38

Bosh prokuror o`rinbosari Svetlana Ortiqova Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Farg`ona viloyati hokimi Shuhrat G`aniev bilan bog`liq so`nggi xabarlarga munosabat bildirdi.«U javobgarliksiz qolayotganidan Bosh prokuraturaning xabari...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1