AsosiyJamiyat

“MY5”ni qanday tomosha qilish mumkin

 “Darakchi” gazetasi hamda darakchi.uz sayti xodimlari yaqindagina o`z faoliyatini boshlagan va o`tgan qisqa fursatda teletomoshabinlar mehrini qozona olgan “Mening yurtim” telekanalini qanday tomosha qilish mumkin degan savol bilan telekanaliga murojaat bilan chiqdi.

Ushbu savolga javob quyidagicha ma`lum qilindi:

- “Mening yurtim” telekanali Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati hududida raqamli formatda efirga uzatib kelinmoqda. Telekanal o`z dasturlarini DVB-T (ingl. Digital Video Broadcasting — Terrestrial) formatida uzatmoqda. Ushbu format raqamli televideniening evropa standarti hisoblanib, DVB turkumiga kiruvchi standartlardan biridir.

O`z televizoringizni “Mening yurtim” telekanali dasturlari uzatilayotgan chastotaga sozlash uchun sizda DMV antennaga ulangan DVB-T  tyunner bo`lishi shart.

Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy televizorlarning ko`pchiligiga DVB-T  o`rnatilgan bo`lsa, eskiroq modeldagi televizorlarda bu moslama yo`q va uni alohida sotib olishingizga to`g`ri keladi.

Telekanal ko`rsatuvlarini tomosha qilish uchun Siz ikki turdagi DMV  antennadan foydalanishingiz mumkin: xonaga o`rnatiladigan va tashqariga quriladigan. Har ikki antenna ham universallik xususiyatiga ega bo`lib, raqamli televizion signalni qabul qilish uchun moslashtirilgan.

DMV antennani o`rnatganingizdan keyin esa raqamli tyuner yordamida kanalni qidiruvga berasiz. Qidiruv yakunlangandan keyin televizion kanallar ro`yxatida “Mening yurtim” telekanali ham paydo bo`lishi kerak.

Agar siz kabel operatoriga ulangan bo`lsangiz, televizion kanallar ro`yxatida “Mening yurtim” telekanali yo`q. Bunday holatda o`z kabel operatoringizga murojaat qilishingiz zarur.

“Mening yurtim” telekanali texnik yordam bo`limi telefon raqami: +998 71 2372899

    Boshqa yangiliklar