1

Navoiyda pista po`chog`i va sigareta qoldig`ini tashlaganlar jarimaga tortilmoqda

Jamiyat 31.10.2019, 17:53
Teglar: Navoiy
Navoiyda pista po`chog`i va sigareta qoldig`ini tashlaganlar jarimaga tortilmoqda

Navoiy shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo`limi xodimlari tomonidan shahar markaziy ko`chalarida chiqindilarni istalgan erlarga tashlab ketish holatlarini aniqlash maqsadida tezkor reyd tadbirlari o`tkazildi. Bu haqida O`zA xabar bermoqda.

Reyd davomida Navoiy shahar, “Orzu” mahalla fuqarolar yig`ini hududida joylashgan Guliston dehqon bozori atrofida fuqaro K. Nizomov tomonidan pista po`choqlarini, fuqaro D. Ro`ziev esa “Yangi hayot” savdo majmuasi oldida joylashgan avtomobillar turargohi hududiga sigareta qoldig`i va qog`oz chiqindilarini belgilanmagan joyga tashlayotgan paytda to`xtatilib, ularga nisbatan MJTKning 91-moddasi 1-qismi bilan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi va eng kam ish haqining yarim barobari miqdorida jarima qo`llanildi.

Ma`lumot uchun, chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash, O`zbekiston Respublikasi MJTKning 91-moddasi, 1-qismiga asosan jarima qo`llanilishiga sabab bo`ladi.

 

Sharhlar

Navoiydagi konda yuz bergan portlash oqibatida mashinist halok bo`ldi

28.11.2022, 14:01

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida o`lim bilan yakunlangan baxtsiz hodisa yuz berdi. Hodisa bo`yicha "Navoiy kon metallurgiya kombinati" matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, 2022 yilning 26...
Navoiyda yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan targ`ibot ishlari olib borilmoqda

19.07.2022, 11:56

Davlat veterinariya xizmati xodimlari tomonidan joylarda hayvonlar kasalliklariga qarshi kurash tadbirlari davom etmoqda. Bu haqda  Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda. Jumladan,...
Navoiy va Bobur haqida filmlar namoyishi tashkil etiladi

08.02.2022, 14:57

Kinematografiya agentligi tomonidan Kinochilar uyi hamda yurtimiz telekanallarida o`zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi filmlarning...
Navoiyda 2 mlrd 575 mln so`m evaziga bog`cha rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi

13.01.2022, 08:45

Nurota tumani G`afur G`ulom nomidagi MFYda 10-sonli davlat MTT foydalanishga topshirildi.Maktabgacha ta`lim vazirligi bu bo`yicha ma`lumot berdi.Qayd etilishicha, mazkur 150 o`rinli MTTga Investisiya dasturi asosida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1