30-oktyabr kuni soat 00.20 da Yashnobod tumanidagi Farg`on yo`li ko`chasida “Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi 33 yoshli Salim R. 27 yoshli Akramjon Ch. boshqarib borgan “Matiz” rusumli avtomobil bilan to`qnashgan. To`qnashuv natijasida “Matiz” rusumli avtomobil qarama-qarshi yo`lakdan harakatlanib borgan 35 yoshli Axrolbek Yu. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomobilga to`qnashgan.
YTH natijasida Akramjon Ch. tan jarohatlari bilan tibbiy yordam uchun murojaat qilgan. "Matiz" rusumli avtomobil yo`lovchisi 19 yoshli Daniel A. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida hayotdan ko`z yumgan.
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma`lum qilishicha, YTHning taxminiy sababi: “Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi svetoforda to`xtagan “Matiz” rusumli avtomobilga borib to`qnashgan.