Bugun O`zbekiston Respublikasi Prezidetining “2030 yilgacha bo`lgan davrda O`zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida Farmoni e`lon qilindi.
Unga ko`ra:
2020 yil 1 yanvardan boshlab “Evro-4”dan past ekologik toifadagi motor yoqilg`isini ishlab chiqarish bo`yicha yangi quvvatlar ishga tushirilmaydi;
2022 yil 1 yanvardan boshlab “Evro-3”dan past ekologik toifadagi motor yoqilg`isini,
2023 yil 1 yanvardan boshlab esa “Evro-4”dan past ekologik toifadagi motor yoqilg`isini O`zbekistonga vaqtincha olib kirish va erkin muomalaga chiqarish man etiladi.
2022 yil 1 yanvardan boshlab zaharlilik darajasi “Evro-4” ekologik toifa talablariga mos kelmaydigan gaz, benzin va dizel dvigatellari bilan jihozlangan “M” va “N” toifalaridagi g`ildirakli transport vositalaridan foydalanish va ularni sotish maqsadida “vaqtincha olib kirish” va “erkin muomala (import) uchun chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirish man etiladi