Fuqarolik ishlari bo`yicha Nukus tumanlararo sudining buyruqiga asosan qarzdor A.Pirnepesov, I.Xaybullaev, A.Fayzullaev va I.Reymbaevlardan sobiq turmush o`rtoqlari foydasiga ularning tarbiyasidagi farzandlarining ta`minoti uchun voyaga etguniga qadar oyma-oy aliment undirilishi belgilangan.
Lekin, Majburiy ijro byurosi Taxiatosh tuman bo`limi tomonidan bir necha bor ogohlantirishlarga qaramasdan, qarzdor otalar tomonidan shu kungacha har xil sabablarga ko`ra to`lov to`lanmay, buyin tovlab kelgan va alimentdan har birining qarzdorligi 10 mln so`mga yaqinlashib qolgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor A.Pirnepesov, I.Xaybullaev, A.Fayzullaev va I.Reymbaevlarning qarshisiga O`zbekiston Respublikasi ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 474moddasi bo`yicha ma`muriy ishi qo`zg`atilib, MJtKning 245 moddasi 1 bandiga muvofiq Xo`jayli tuman ma`muriy sudiga ko`rib chiqish uchun yuborilgan va sud tomonidan qarzdor A.Pirnepesov, I.Xaybullaev va A.Fayzullaevga nisbatan 15 oktyabrdan boshlab, qarzdor va I.Reymbaevga 22 oktyabr kunidan boshlab 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi qo`llanildi.