Joriy yil 31 oktyabr kuni soat taxminan 08:50 atrofida Toshkent shahar Sergeli tumanidagi “Binokor qurilish ta`minoti” qurilish korxonasi hududida 5 nafar quruvchi elektr tokidan shikastlanish (elektrotravma) oqibatida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizildi.
Bemorlar: 38 yoshli U.M., 41 yoshli J.M., 22 yoshli B.B., 21 yoshli E.O. hamda 21 yoshli N.S.lar malakali shifokorlar tomonidan zudlik bilan tibbiy tekshiruvdan o`tkazilib, belgilangan tartibda shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.
Shikastlanganlarning ahvoli qoniqarli bo`lib, Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olingan, deya xabar beradi Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi.