Samarqandda A.B. (ism-familiyalar shartli) spirtli ichimlik iste`mol qilib, mast holatida 2019 yil 1 fevral kuni soat 17:40 larda 2010 yil 2 dekabrda tug`ilgan, voyaga etmagan S.V.ni o`zining yashash uyiga olib borib, pichoq bilan o`ldirish bilan qo`rqitib zo`rlagan. Bu haqida zarnews xabar qilmoqda.
Bundan tashqari, A.B. o`zining jinoiy xarakatlarini davom ettirib, 2019 yil 7 mart kuni soat 16:15 larda yashash uyiga voyaga etmagan jiyani S.V.ni bolta bilan o`ldirish bilan qo`rqitgan va uning ojizligidan foydalangan.
Sudning hukmi bilan A.B.ga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida 16 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi hamda jazoni o`tash joylarida surunkali alkogolizm xastaligidan majburiy davolanish chorasi belgilandi.