1

“Mato” operasiyasi fosh etildi

Jinoyat 01.11.2019, 11:13
“Mato” operasiyasi fosh etildi

Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan navbatdagi qing`irlik fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ya`ni poytaxtimizda faoliyat olib borayotgan mas`uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga xorijdan keltirilgan, bo`yalgan matolar tovari deklarasiyada ko`rsatilgan omborda emas, boshqa omborda saqlanayotgani bojxonachilar e`tiborini tortdi va belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi.

Tekshiruv davomida, konteynerlardagi tovarlardan namunalar olinib, Bojxona ekspertizasi va TIF TNni yuritish boshqarmasiga holatga oydinlik kiritish uchun jo`natildi.

Ekspertiza xulosalariga binoan, konteynerlarda hujjatlarda ko`rsatilganidek bo`yalgan matolar tovari emas, balki, sinel matolar saqlanayotgani ma`lum bo`ldi.

Hozirda umumiy qiymati 6,1 milliard so`mlik tovarlar vaqtincha saqlovga olinib, holat yuzasidan bojxonachilar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1