1

3,6 kilogramm «marixuana» saqlayotgan xonadon aniqlandi

Jinoyat 01.11.2019, 14:17
3,6 kilogramm «marixuana» saqlayotgan xonadon aniqlandi

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tezkor tadbir davomida Buxoro shahrida piyoda harakatlanib ketayotgan fuqaro S.D. tezkor guruh vakillari tomonidan to`xtatilib xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Natijada uning yonida 3 dona gugurt qutisiga joylangan marixuana giyohvandlik moddalari borligi aniqlandi. 

Shundan so`ng, tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro N.A. ham belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi.

Natijada, fuqaro N.A.ning cho`ntaklarida 3 ta paketchalarga va 2 ta gugurt qutilariga solingan marixuana giyohvandlik moddalari borligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davomida ushbu ikkala shaxsdan jami 36,17 gramm marixuana giyohvandlik moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Vobkent tumanida o`tkazilgan yana bir tezkor tadbir davomida, fuqaro I.Q.ning yashash xonadoni ko`zdan kechirildi. Natijada ushbu shaxs o`z yashash xonadonida, 3 kg. 618 grammdan ortiqni tashkil etuvchi marixuana giyohvandlik vositasini saqlayotganligi va 32 tup kannabisni etishtirayotgani ma`lum bo`ldi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1