AsosiyJamiyat

Qarshida sodir bo`lgan YTHda 9 kishi jarohatlandi

'Qarshida sodir bo`lgan YTHda 9 kishi jarohatlandi'ning rasmi

Kecha Qashqadaryoda “Lasetti” va “Neksiya” ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Bu haqida IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi. Yo`l-transport hodisasi oqibatida to`qqiz nafar shaxs tan jarohatlari olgan.
Aniqlanishicha, 31 oktyabr kuni soat 21-40 da fuqaro N.X. o`zining boshqaruvidagi fuqaro Sh.J.ga tegishli “Lasetti” rusumli avtomashinasini ishonchnoma orqali Qarshi-Ettitom 4R87 avtomobil yo`lining Ettitom yo`nalishi bo`ylab boshqarib borayotib, ushbu yo`lning 50 kilometrida, qarama-qarshi yo`nalishdan harakatlanib kelayotgan fuqaro R.Z. boshqaruvidagi MChJga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashinani yo`liga chiqib ketgan holda, yo`l-transport hodisasini sodir qilgan.
Natijada “Nexia” avtomashina haydovchisi R.Z. va yo`lovchilar S.U., E.R., S.K.lar hamda “Lasetti” avtomashina haydovchisi N.H. va yo`lovchilar D.S., M.R., G.N., N.N.lar tan jarohatlari olib shifoxonaga murojaat etishgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda va natijasiga ko`ra Jinoyat-prosessual kodeksining 329-moddasi tartibida qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.

Boshqa yangiliklar