AsosiyJamiyat

“O`zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovasion loyihasi” III Respublika tanloviga start berildi

'“O`zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovasion loyihasi” III Respublika tanloviga start berildi'ning rasmi

O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi va O`zbekiston Ixtirochi ayollari markazi mamlakatimiz iqtidorli xotin-qizlarini “O`zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovasion loyihasi” III Respublika tanlovida qatnashishga taklif qiladi.

“O`zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovasion loyihasi” III Respublika tanlovida olima ayollar, doktorant, o`qituvchi, talaba, o`quvchi, muhandis, dasturchi, shifokor, farmasevt, tadbirkor, hunarmand hamda boshqa sohalarda ixtirochilik, rasionalizatorlik va tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanayotgan xotin-qizlar o`z ixtirolari, innovasion g`oyalari hamda loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda qatnashish niyatida bo`lgan xotin-qizlarning hujjatlari Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi tuman (shahar) Xotin-qizlar qo`mitalari tomonidan 2019 yilning 10 noyabridan 30 noyabrigacha haftaning dushanba – juma kunlari soat 9.00 dan 17.00 gacha qabul qilinadi.

Tanlovda yosh bo`yicha cheklov yo`q.

Tanlov “Eng yaxshi ixtiro”, “Eng yaxshi foydali model”, “Eng yaxshi sanoat namunasi”, “Eng yaxshi rasionalizatorlik taklifi”, “Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va ma`lumotlar bazasi”, “AKT sohasi bo`yicha eng yaxshi innovasion loyiha”, “Eng samarali innovasion loyiha (fan va texnikaning ustuvor yo`nalishlari bo`yicha)”, “Iqtidorli qizning istiqbolli innovasion g`oyasi”, “Eng yaxshi biznes loyiha (iqtisodiyotning turli yo`nalishlari bo`yicha)”, “Omadli start (o`z innovasion loyihasi asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirmoqchi bo`layotgan xotin-qizlar uchun)”, “Hunarmand xotin-qizlarning eng yaxshi innovasion loyihasi” nominasiyalari bo`yicha g`oliblarni aniqlaydi.

 

Boshqa yangiliklar