1

IIBB va Milliy gvardiya xodimlari avtomobil davlat raqamlarini noqonuniy olib ketayotgan shaxslarni ushladi

Jinoyat 02.11.2019, 13:23
IIBB va Milliy gvardiya xodimlari avtomobil davlat raqamlarini noqonuniy olib ketayotgan shaxslarni ushladi

30 oktyabr kuni Olmazor tumani Qoraqamish ko`chasida Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi bilan birgalikda xizmat vazifasini o`tash chog`ida shubha uyg`otgan Spark avtomobilini to`xtatgan va uni tekshiruvdan o`tkazgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, avtomobil egasi Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi 24 yoshli Ixtiyor ismli yigit bo`lib chiqqan.

Ikki guvoh ishtirokida avtomobil tekshiruvdan o`tkazilgan. Tekshiruv vaqtida o`rindiqlar orasidan boshqa avtomobilga tegishli, ro`yxatdan o`tkazilgan, biroq tegishli hujjatlarsiz davlat raqamlari, shuningdek, bir nechta pichoq va mobil telefonlar topilgan.

Vaziyatni aniqlash uchun Ixtiyor va avtomobil ichida bo`lgan yo`lovchilar Olmazor tumani IIO FMBga olib borilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1