1

Ota-bola yaqin qarindoshini pichoqlab, murdani o`z xonadoni hovlisiga ko`mib qo`ydi

Jinoyat 02.11.2019, 13:27
Ota-bola yaqin qarindoshini pichoqlab, murdani o`z xonadoni hovlisiga ko`mib qo`ydi

Qo`qon shahar Quduqlik ko`chasida yashovchi 19 yoshli A.X. otasi 47 yoshli Yo.X. bilan birga tog`asi A.A.ni janjal oqibatida oshxona pichog`i bilan bo`yin va qorin sohalariga bir necha marotaba urib, qasddan o`ldirgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning  ma`lum qilishicha, voqea 19 oktyabr kuni soat 00:30 larda sodir bo`lgan. Murda yashash xonadoni hovlisiga ko`mib qo`yilgan.

Holat yuzasidan 1 noyabr kuni shahar prokuraturasi tomonidan A.X va Y.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «p» bandi (Bir guruh shaxslar tomonidan qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ushbu moddada 15 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1