AsosiyJamiyat

200 nafarga yaqin odamda kasallik aniqlandi

'200 nafarga yaqin odamda kasallik aniqlandi'ning rasmi

Xabaringiz bor, viloyat hokimi boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan Qarshi shahri 1-, 2- va 3-mittitumanlarida hudud obodligi, ko`p qavatli uylarning mavsumga tayyorligi, aholi yashash sharoitlari ko`zdan kechirilgandi.  

E`tiborlisi, bu jarayonda odamlarning salomatligi masalasi ham soha mutaxassislari tomonidan alohida o`rganildi. Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi ma`lumotiga ko`ra, 29-31 oktyabr kunlari 1- va 2-mittitumanlarda yashovchi qariyb 6 ming nafar aholi vakillari tibbiy ko`rikdan o`tkazilgan.  

Ko`rik natijasida 180 nafardan ziyod kishida turli kasalliklar aniqlangan. Shundan 6 nafar bemorga stasionar tartibda davolanish uchun yo`llanma berilgan. Qolganlarga ambulator tartibda davolanish belgilangan.  

Ko`rik 1-oilaviy poliklinika shifokor va hamshiralari tomonidan amalga oshirilgan.  

Qarshi shahar hokimligi Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, Bu kabi tadbirlar boshqa hududlarda ham davom ettiriladi. 

 

    Boshqa yangiliklar