Joriy yilning 1 noyabridan boshlab, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) echish, qiyoslashdan o`tkazish va o`rnatish uchun ariza yuborish Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilishi belgilangan edi.
Hukumat qarori bilan quyidagi mas`ul tashkilotlarga tegishli tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ulanish vazifasi yuklatilgan:
- Energetika vazirligi;
- Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi.
Biroq, ayrim texnik sabablarga ko`ra ushbu tashkilotlar davlat xizmatlari ko`rsatilishi uchun zarur bo`lgan ma`lumotlar bazasini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ulashga ulgurishmadi.
Mazkur davlat idoralari tomonidan o`zlariga yuklatilgan vazifalar amalga oshirilgandan so`ng Davlat xizmatlari markazlari orqali ushbu davlat xizmatlarini olish mumkin bo`ladi.
"Davlat xizmatlari Agentligi tomonidan ushbu masala nazoratga olingan va natijasi haqida Sizlarga qisqa muddatlarda xabar beriladi.
Tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!" — deyilgan rasmiy xabarda.