1

Toshkentda “uchar” yigitlarning ikkitasi ushlandi, bittasi qidirilmoqda

Jinoyat 03.11.2019, 14:28
Teglar: Toshkent, talonchilik
Toshkentda “uchar” yigitlarning ikkitasi ushlandi, bittasi qidirilmoqda

Toshkentda ko`chada odamlardan qo`ng`iroq qilib olish bahonasida telefon apparati so`rab olib qochib ketayotgan yigitlar ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar Vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.

Aniqlanishicha, 2019 yil 19 oktyabr kuni soat 17:30 da fuqaro B.D., tanishlari A.A. va «I» ismli shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, Toshkent shahar Mirobod tumani hududida ko`chada ketayotgan fuqaro N.H.ga tegishli narxi 500.000 so`mlik “Samsung Galaksi A6” rusumli uyali telefon apparatini qo`ng`iroq qilib olish bahonasida olib, qaytarib bermay A.A.ga tegishli «Niexia-2» rusumli avtomashinaga o`tirib, hodisa joyidan yashiringanlar. Ko`rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida, B.D. va A.A.lar ushlanganlar.

Holat yuzasidan 2019 yil 30 oktyabr kuni Mirobod tumani 3-sonli ichki ishlar bo`limi huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan fuqarolar B.D., A.A. va “I” ismli noma`lum shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida A.A. va B.D.lar muqaddam bir necha marotaba talonchilik jinoyatini sodir etganliklari aniqlanib, ularga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 3-qismi “a” bandi,  ya`ni, takroran sodir etilgan talonchilik bilan ayblov e`lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Shu bilan birga, hozirda “I” ismli noma`lum shaxsni aniqlashga qaratilgan tezkor-qidiruv chora-tadbirlari ko`rilmoqda.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, natijasi bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.

Shuningdek, “Agarda siz ham ushbu shaxslar harakatlaridan jabr ko`rgan bo`lsangiz, Toshkent shahar Mirobod tumani IIO FMBning 71-291-58-02, 71-230-38-75 va 71-230-38-43 raqamlari orqali murojaat qiling”, — deyilmoqda IIV xabarida

Sharhlar

Toshkentda ijara narxlari pasaydi(mi?)

22.04.2024, 15:52

Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari ma`lum qildi. 2024 yil mart oyida fevralga nisbatan poytaxtda o`rtacha ta`mirlangan xonadonlar ijara...
Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Toshkentda pod`ezdda qizga tegajog`lik qilgan yigit ushlandi (video)

06.09.2023, 10:12

Kecha, 4 sentyabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanida noma`lum shaxs pod`ezdga kirib ketayotgan qizga hujum qilgani haqida xabar qilingan edi. Ayni paytda Toshkent shahar IIB...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1