1

Qarshidagi ayanchili YTHda vafot etgan va ko`plab “reanimasiya”da yotganlar bor

Jamiyat 03.11.2019, 15:05
Teglar: YTH, Qarshi
Qarshidagi ayanchili YTHda vafot etgan va ko`plab “reanimasiya”da yotganlar bor

Bir odam vafot etgan va 6 nafar yo`lovchilar jarohat olgan ayanchli yo`l transport hodisasi sodir etildi deb xabar berdi IIV huzuridagi  Tergov departamenti.

Aniqlanishicha, kecha, 02 noyabr kuni soat 11:50 da Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hududidan o`tgan “Qarshi katta xalqa yo`li”ning “Ettitom-Qarshi” 4R-87 avtomobil yo`li bilan kesishgan 53 km.dagi tartibga solingan chorrahasida fuqaro M.R.ning boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinasi bilan fuqaro S.X.ning boshqaruvida bo`lgan “Gaz-322132” rusumli yo`lovchi tashishga mo`ljallangan avtomashina to`qnashib, yo`l transport hodisasi sodir qilgan.

Sodir bo`lgan hodisa oqibatida “Gaz-322132” rusumli avtomashinada bo`lgan 10 nafar, shundan 1 nafari haydovchi va “Lasetti” rusumli avtomashinasi ichidagi 3 nafar, shundan 1 nafari haydovchi fuqarolar turli darajada tan jarohati olishib RShTTYoIM Qashqadaryo filialiga olib kelingan. Ulardan faqat 6 nafari reanimasiya bo`limiga yotqizilgan, 5 nafariga esa uyiga ruxsat berilgan.

“Gaz-322132” rusumli avtomashina haydovchisi S.X.ga ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shifoxonaning jonlantirish bo`limida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani bo`yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi, ya`ni, odam o`limiga sabab bo`lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda va natijasiga ko`ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.

Eslatib o`tamiz, sal avval Chiroqchida “Zil” va “Tiko”ning to`qtashuvi ikki kishining o`limiga sabab bo`lgani va Qarshida sodir bo`lgan YTHda 9 kishi jarohatlanganini xabar qilgan edik.

Sharhlar

Surxondaryoda "Gentra" jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi (video)

12.05.2023, 09:55

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida "Gentra" jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, hodisa joriy...
Qoraqalpog`istonda "Nexia-3" va yuk mashinasi ishtirokida dahshatli YTH sodir bo`ldi, 5 odam halok bo`lgan (video)

06.02.2023, 13:36

Qoraqalpog`iston Respublikasi Qo`ng`irot tumanida Nexia-3 va yuk mashinasi ishtirokida oxiri o`lim bilan yakunlangan YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Qoraqalpog`iston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha,...
Samarqandda 64 yoshli ayol avtobus urib ketishi natijasida voqea joyida vafot etdi (video)

30.01.2023, 12:13

Samarqandda inson o`limi bilan bog`liq ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda. Ma`lum qilinishicha, 24 yanvar kuni soat 07:30 atrofida Samarqand...
Toshkentda 17 ta mashina ishtirokida katta avariya sodir bo`ldi (video)

13.01.2023, 09:20

Kecha, 12 yanvar kuni Toshkent shahrida 17 ta mashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Poytaxt YHXB axborot xizmati hodisa yuzasidan ma`lumot taqdim etdi.Ma`lum qilinishicha, soat 20:40...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1