1

“Samarkand Half Marathon” xayriya tadbiri qanday o`tkazildi (foto)

Jamiyat 03.11.2019, 15:48
Teglar: ​Samarqand, marafon
“Samarkand Half Marathon” xayriya tadbiri qanday o`tkazildi (foto)

1 – 3 noyabr kunlari Samarqand shahrida 5, 10, 21 km masofaga yugurish bo`yicha xayriya yarim marafoni o`tkazildi. Mazkur tadbirda 20 ga yaqin mamlakat va respublikamiz viloyatlari va Toshkent shahridan 3 000ga yaqin marafonchilar ishtirok etdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Yurtimizda turizm sohasini rivojlantirish maqsadida o`tkazilgan marafonda ishtirokchilar Samarqanddagi 18 tarixiy obida bilan tanishish imkoniyatiga ega bo`lishdi. Shuningdek, 3 kun davom etgan tadbirda tasviriy san`at asarlarining taktil (qo`l bilan ushlab his qilish mumkin bo`lgan) ko`rgazmasi, “Beat films” kinofestivali va ko`zi ojiz insonlar uchun tiflosharhlash (ko`zi ojizlar uchun ma`lumotni qabul qilish imkonini beruvchi usul) yordamida spektakl sahnalashtirildi.

Marafonning ochilish marosimida O`zbekiston Respublikasi bosh vaziri o`rinbosari Aziz Abdukaxarovich Abduhakimov so`zga chiqib, quyidagi fikrlarni bildirdi.

– Sir emas, bugungi kunda jahon hamjamiyati aholining barcha qatlamini sog`lom turmush tarziga faol jalb qilishni o`zining ustuvor yo`nalishi sifatida belgilab olgan. Bu bejiz emas, negaki har jihatdan sog`lom inson – uzoq va mazmunli umr kechiradi.

Aholini sog`lom turmush tarziga faol jalb etishning eng ommalashgan usullaridan biri – bu qisqa va uzoq masofalarga ommaviy yugurish musobaqalari bo`lib, bunda ishtirokchilarni yoshi chegaralanmaydi.

Inklyuziya – bu butun dunyoda ilgari surilayotgan ijtimoiy konsepsiya bo`lib, unga asosan, salomatligidan qat`i nazar, har bir shaxsga jamiyatdagi moddiy va ma`naviy boyliklardan bahramand bo`lish va o`zini namoyon etish imkoniyati berilishi lozim. “Samarkand Half Marathon” loyihasining bosh maqsadi ham shu aslida.

Mazkur yarim marafonni o`tkazish uchun bejizga Samarqand shahri tanlanmadi. Nomoddiy madaniy merosimizning katta qismi aynan shu hududda jamlangan. Biroq bu boyliklardan hamma ham bemalol foydalana olmayotgani ham ayni haqiqat. Samarqand yarim marafoni tashkilotchilari esa ushbu loyiha orqali dunyo hamjamiyatining e`tiborini inklyuziya borasidagi muammolarga qaratishni o`z oldiga maqsad qilgan.

“Samarkand Half Marathon” loyihasi orqali millionlab insonlar mamlakatimizda sog`lom turmush tarzi targ`ibotiga, aholi salomatligini mustahkamlashga berilayotgan e`tibordan voqif bo`lishdi. Qanchadan-qancha insonlar xayriya marafonida ishtirok etish uchun yurtimizga tashrif buyurishdi.

Samarqand shahrida ilk marotaba tashkil etilayotgan ushbu marafon mamlakat ijtimoiy hayotidagi yirik hodisa bo`lib, u yurtimizda madaniy turizmni rivojlantirishga katta turtki beradi. Bu shunchaki yugurish musobaqasi emas, balki zamonaviy madaniyat, musiqa va ta`lim dasturlarini o`zida mujassam etgan ulkan festivaldir, – dedi u o`z nutqida.

Marafonning 10 km masofaga yugurish bahsida 1-o`rinni qozog`istonlik Dmitriy Ivanchikov, 2-o`rinni O`zbekiston vakili Evgeniy Fadeev, 3-o`rinni qozog`istonlik Krasilov Mixail qo`lga kiritdi. Ushbu masofada ayollar o`rtasida kechgan bellashuvda1-o`rinni qozog`istonlik Tatyana Mirazrav, 2-o`rinni Zarnigor Xudoyberdieva, 3-o`rinni Marina Xmelevskaya egalladi. Mazkur masofada 1-o`rin sohibiga 6 million, 2-o`rinni egallagan sportchiga 4 million va 3-o`rinni band etgan sportchiga esa 3 million so`m mukofot puli taqdim etildi.

Eng uzoq 21 kmlik masofada hamyurtlarimizdan 1-o`rinni Shohrux Davlatov, 2-o`rinni Andrey Petrov va 3-o`rinni Bekzod Safarov band etdi. Ayollar o`rtasidagi bahsda esa 1-o`rinni Nurxon Muhriddinova, 2-o`rinni Ekaterina Tunguskovo va 3-o`rinni esa o`zbekistonlik Tamila Qo`chqorova egalladi. Ushbu masofada g`olib bo`lgan sportchilarga 12 million, 2-o`rinni egallagan atletlarga 8 million va 3-o`rinni egallagan ishtirokchilarga 8 million so`m taqdim etildi.

Eng qisqa 2 km masofaga mo`ljallangan yo`nalishida yugurish bahsida esa erkaklar o`rtasida g`oliblik Xurshid Ahmadalievga nasib etgan bo`lsa, 2-o`rinni Humoyun Mahmudov, 3-o`rinni Muhsin Abdulatipov qo`lga kiritdi. Ayollar bahsida esa Marjona Baratova g`alaba qozongan bo`lsa, 2-o`rin Kamola Ablaeva, 3-o`rin esa Tamila Rajabovaga nasib etdi.

Mazkur masof g`olibiga 3 million, 2-o`rin sohibiga 2 million va 3-o`rinni egallagan marafonchiga 1 million so`mlik pul mukofotlari taqdim etildi.

Shuningdek, mazkur marafonda turli yosh toifalaridagi g`olib va sovnirdorlarga ham tegishli esdalik sovg`alari taqdim etildi.

Eslatib o`tamiz, mazkur katta tadbirga O`zbekiston Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi rahbari o`rinbosari Saida Mirziyoeva o`z munosabatini bildirgan va ko`ngillilarni San`at Normetov bilan yugurishga chorlagan edi.

Sharhlar

Samarqandda haydovchidan pora so`ragan YPX xodimlari ishdan bo`shatildi

02.05.2024, 16:46

Samarqandda haydovchidan pora so`ragan YPX inspektorlari ichki ishlar organlari safidan bo`shatildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, inspektor mashinani to`xtatgan va haydovchidan...
Samarqandda Sobalt haydovchisi maktab o`quvchisini urib yubordi

01.05.2024, 14:46

Joriy yilning 29 aprel kuni soat 17:00 atrofida Samarqand shahar O`zbekiston ko`chasida Cobalt avtomashinasi haydovchisi, yo`lning belgilanmagan qismidan o`tayotgan voyaga etmagan 2009 yilda tug`ilgan 8...
Samarqandda 31 yoshli ayol o`zi bilan ishqiy munosabatda bo`lib yurgan erkakni videolarini xotiniga ko`rsatish bilan qo`rqitib, 15 ming AQSh dollari talab qildi (video)

17.04.2023, 13:04

Pastdarg`om tumanida 31 yoshli ayol 33 yoshli erkakdan tovlamachilik yo`li bilan pul talab qildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, erkak...
"Restoran ishchilaridan tortib IIB kapitanigacha..." Samarqandda bloger ichib olib "tomosha" ko`rsatdi

14.02.2023, 13:35

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi mahalliy blogerlardan biri mast holatda restoranda janjal ko`targani, ishchilarga kuch ishlatishga uringani, shuningdek, ichki ishlar xodimlarini haqorat qilganligi aks etgan video tarqaldi....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1