1

MIB Farg`onada 10 dan ziyod fuqarolarning 148 million so`m ish haqini undirdi

Jinoyat 03.11.2019, 19:38
MIB Farg`onada 10 dan ziyod fuqarolarning 148 million so`m ish haqini undirdi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Farg`ona tumanlararo sudining 18.07.2019 yildagi 11 ta sud buyruqlariga asosan Farg`ona tumanidagi “Chimyon ta`mirlash mexanika zavodi” MChJdan K.Toshmatov, X.Muhamedov, G.Asilov, X.Samsaqov, A.Alishev, Z.Kardashxonov, A.Saibov, M.Mamadaliev, G`.Asilov, A.Jo`raev,K.Toshmatov jami 11 nafar jamiyat ishchilari foydasiga jami 148 mln. so`mlik ish haqlarini undirish belgilangan. 

Mazkur sud buyruqlariga asosan Majburiy ijro byurosi Farg`ona tuman bo`limi davlat ijrochisi tomonidan ijro ishlari qo`zg`atilib, bir ish yurituviga birlashtirilgan va zudlik bilan majburiy ijro harakatlari o`tkazishga kirishilgan. 

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor “Chimyon ta`mirlash mexanika zavodi” MChJning bank hisob raqamlari aniqlanib, inkasso topshiriqnomasi qo`yilgan hamda 17.09.2019 yilda jamiyatning bank hisob raqamiga kelib tushgan mablag`larning 148 mln. so`mi 11 nafar ishchilarga jamiyatning o`zida kassadan naqd shaklda olinib, tarqatilgan. 

Jamiyat ishchilari ish beruvchi tomonidan bir necha oylardan buyon to`lanmasdan kelinayotgan ish haqlarini to`liq undirib berilganligi uchun Byuroning tuman bo`limi davlat ijrochisi va barcha rahbarlariga o`z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1