1

Yana bir oilaga tinchlik-xotirjamlik qaytdi

Jinoyat 03.11.2019, 19:42
Yana bir oilaga tinchlik-xotirjamlik qaytdi

Hayotning past-baland yo`llarida birga bo`lamiz, deb oila qurgan kishilar ba`zan o`zaro kelishmay qolib ajrashmoqchi bo`lishadi. Ammo, o`rtada  dunyoga kelgan bolalar taqdiri hammani ham o`ylantiravermaydi. Bolasi kelajagi uchun qayg`uradigan kishi  xulosa chiqarishda shoshilmaydi. O`ylab ko`rib harakat qiladi.

Fuqarolik ishlari bo`yicha Peshko` tumanlararo sudining 2018 yil 22 noyabrdagi sud buyrug`iga asosan qarzdor  Ikrom Ro`zievichdan undiruvchi Mehrigul Safarova foydasiga voyaga etmagan ikki nafar farzandi ta`minoti uchun qarzdorning har oydagi ish haqi va boshqa turdagi daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan  edi. Ushbu ijro hujjati Byuroning Vobkent tuman bo`limi ish yurituviga 2018 yil 15 dekabrda kelib tushgan va shu kunning o`zida O`zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo`zg`atish to`g`risidagi qaror chiqarilgan.

Bo`lim xodimlari hamda mahalla vakillari tomonidan ijro hujjati yuzasidantushuntirish ishlari olib borildi. Yaxshilik yo`lidagi sa`y-harakatlar samarasiz ketmadi.

Joriy yilning 23 oktyabr kuni undiruvchi M.Safarova va qarzdor I.Ro`ziev o`zaro yarashib, birgalikda bir oila bo`lib yashash istaklarini bildirishdi.Demak, yana bir oilaga tinchlik, xotirjamlik qaytdi. Yana ikki nafar bola ota-onasi, bobo-buvisi bilan baxtli yashaydigan bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1