1

Samarqandda 10 oyda 280 nafar qidiruvdagi jinoyatchi qo`lga olingan

Jinoyat 03.11.2019, 20:15
Samarqandda 10 oyda 280 nafar qidiruvdagi jinoyatchi qo`lga olingan

2019 yilning 10 oyi davomida olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida Samarqand viloyati bo`yicha jami 1011 nafar qidiruvda bo`lgan jinoyatchilardan 280 nafari qo`lga olindi. Hozirda yana 726 nafar shaxsni qidiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Samarqand viloyati IIB jinoyat qidiruv boshqarmasining bizga bergan ma`lumotiga qaraganda o`tgan yilning shu davrida 1340 nafar qidiruvda bo`lgan shaxslardan 461 nafari hibsga olingan.

- Qidiruvdagi shaxslarning yaqin qarindoshlari bilan olib borilgan suhbat va tushuntirish ishlari natijasida huquqni muhofaza qiluvchi organlariga 57 nafar qidiruvdagi shaxslar o`z ixtiyori bilan keldi, - deydi viloyat IIB boshlig`ining 1-o`rinbosari polkovnik Farxod Xasanov. - 2018 yilning 10 oy davomida jami 156 nafar shaxslarga nisbatan qidiruv e`lon qilingan bo`lib, joriy yilning shu davrida esa 93 nafar shaxslarga nisbatan qidiruv e`lon qilindi. Bu raqam o`tgan yilga nisbatan 63 taga kam deganidir.

Samarqand viloyati IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan MDH davlatlarida Rossiya Federasiyasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida 726 nafar qidiruvdagi shaxslardan, 89 nafari ushlanib tegishli tartibda hujjatlashtirildi va Rossiyaning vaqtincha ushlab turish izolyatoriga joylashtirildi. Hozirda ularning O`zbekiston Respublikasiga olib kelish bilan bog`liq hujjatlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ma`lumot uchun, Rossiya Federasiyasida 28, Qozog`istonda 6, Armanistonda 1 kishi, shuningdek 2019 yilda boshqa davlatlarda yashirinib yurgan 52 nafar qidiruvdagi shaxslar aniqlanib, O`zbekiston Respublikasiga qaytarilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1