1

Giyohvand moddalarining noqonuniy savdosi pishmay qoldi

Jinoyat 04.11.2019, 10:37
Giyohvand moddalarining noqonuniy savdosi pishmay qoldi

Toshkent shahar hamda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari DXX Davlat chegaralarini himoya qilish qo`mitasi xodimlari bilan hamkorlikda Keles shahrida tezkor tadbir o`tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida, qo`shni davlat fuqarosi F.M. fuqaro A.X.ga namuna sifatida olib kelgan, paketchalarga joylangan marixuana giyohvandlik vositasini berayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan  qo`lga olindi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro A.X.ning yashash xonadoni ham belgilangan tartibda ko`zdan kechirildi va ushbu shaxs o`z yashash uyida yirik miqdorda giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotganligi aniqlandi. O`tkazilgan tadbir davomida jami bo`lib, 655,44 gramm marixuana va 1 tup nasha o`simligi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1