AsosiyJamiyat

Toshkent hayvonot bog`ining yangi a`zolari

2014 yilda Toshkent hayvonot bog`iga Uzoq Sharqdan bir necha turdagi hayvonlar keltirildi. «Gazeta.uz» fotomuxbiri hayvonot bog`ining bu yangi a`zolari bilan yaqindan tanishish uchun hayvonot bog`iga tashrif buyurdi.

Rossiyaning Xabarovsk o`lkasidan keltirilgan urg`ochi silovsin, uch nafar kanada bo`risi va bir juft himoloy ayiqlari hayvonot bog`lari orasidagi o`zaro almashinuv dasturi bo`yicha keltirildi. Yangi mehmonlar olib kelinishlari bilanoq karantindan o`tdilar va hozirda o`zlarini yaxshi his qilmoqdalar.

Kanada bo`rilari boshqa bo`rilardan o`zlarining ranglari bilan ajralib turadilar – ularning ikkitasining rangi qora va bittasining rangi esa olovrang.

Ular Shimoliy Amerikada yashashadi.

Hayvonot bog`ida ochiq qafasga namoyish qilinish uchun bir kun qora bo`rilar, bir kun olovrang bo`rilar qo`yiladi, biroq olovrang bo`ri ayyorlik ishlatib, qafasda bir kundan ko`proq qolishga muvaffaq bo`ladi.

Hayvonot bog`ida himoloy ayiqlari oldindan bor edi, biroq bu erga keltirilgan yangi ayiqchalar o`zlarining o`yinqaroqliklari va shijoatlari bilan tashrif buyuruvchilarning e`tiborlarini tortmoqdalar.

Ular bir-birlari bilan quvlashmachoq o`ynab, hattoki bir-birlarini tishlab ham qo`yadilar.

Ular orqa oqyolariga tik turib, oldi oyoqlarini bir-biriga urib narsa so`rashni ham o`rganib olganlar.

Silovsinning esa hech ham ochiq qafasga chiqqisi kelmasdi, buni xiyla qo`llab amalga oshirishga to`g`ri kelindi.

O`tgan yilning bahorida hayvonot bog`ida ikkita yosh to`ng`izchalar “doimiy yashash uchun ruxsatnoma olishdi” (rasmda – urg`ochisi kattarog`i va momiqrog`i).

Ular bilan hayvonot bog`ida anchadan beri yashayotgan 15 yoshli Vasya laqabli to`ng`iz qo`shnilik qilishiga to`g`ri keldi. Ular orasida ko`pincha tortishuvlar chiqib turardi, biroq oxirgi mahal “to`ng`iz bobo” ancha tinchib qoldi.

Hayvonot bog`ida kichkina bo`lsada, birok muhim ahamiyatga ega bo`lgan hodisa ro`y berdi – nutriya (suv kalamushi)lar bolaladi. Bir to`p kichik qo`rqoq kalamushchalar biror ovoz eshitib qolsalar darrov bekinishga tushadilar.

Fotointervyu oxirida, hayvonot bog`ining eng haybatli jonivorlaridan biri – yosh urg`ochi sherlar va erkak sherni hukmingizga havola etamiz.

Manba: gazeta.uz

    Boshqa yangiliklar