AsosiyJamiyat

Oliy o`quv yurtida maxsus sirtqi bo`lim ochiladimi?

'Oliy  o`quv  yurtida  maxsus sirtqi bo`lim ochiladimi?'ning rasmi

— O`rta ta`lim maktabida “Jismoniy tarbiya” fanidan dars berib kelayotgandik. O`rta maxsus ma`lumotli o`qituvchilar oliy ma`lumotli bo`lsin, degan qonun chiqdi. Oliy o`quv yurtlarida maxsus sirtqi bo`limlar ochildi. Qarshi davlat universitetining “Jis- moniy tarbiya” fakultetiga hujjat topshirdik, yoshimiz 40 ga yaqinlashib qolgani bois o`qishga kirolmadim. Yana qayta murojaat qilsak, “maxsus sirtqi bo`lim tugatildi. Endi 5 yil o`qiysizlar”, deyishdi. Hammamizning ro`zg`orimiz bor, ishsiz qoldik. Oliy o`quv yurtida maxsus sirtqi bo`lim ochiladimi?

Aliddin Oynazarov, Qarshi tumani

 

Kongratbay ShARIPOV, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining birinchi o`rinbosari:

Prezidentimizning “2019/2020 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to`g`risida” 2019 yil 17 iyundagi qaroriga muvofiq, 2019/2020 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalariga davlat buyurtmasi asosida o`qishga qabul qilish parametrlari tasdiqlangan. Mazkur qarorda oliy ta`limning maxsus sirtqi shaklga qabul parametrlari ajratilmagan.

 

Sadoqat ALLABERGANOVA

    Boshqa yangiliklar