1

"Agrobank" Yangiqo`rg`on filiali rahbari pora berayotganda qo`lga tushdi

Jinoyat 04.11.2019, 13:21
"Agrobank" Yangiqo`rg`on filiali rahbari pora berayotganda qo`lga tushdi

34 yoshli “Agrobank” ATB Yangiqo`rg`on filiali rahbari nafaqat pora olgan, balki bergan ham jinoiy javobgarlikka tortilishidan bexabar ko`rinadi...

Sudlanuvchi 2018 yil 23 oktyabrda Namangan viloyat prokuraturasi soliq va bojxona islohotlarini amalga oshirish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat qilish bo`limi katta prokuroriga uchrashadi. Uning ish yurituvida bo`lgan Yangiqo`rg`on tuman DSIning 13 sentyabrdagi bir MChJning bank hisob varaqlari bo`yicha chiqish amaliyotlarini vaqtincha to`xtatish haqidagi qarorni “Agrobank” ATB Yangiqo`rg`on filiali tomonidan ijro etilishining qonuniyligi yuzasidan o`tkazilayotgan tekshirishni ijobiy hal qilib berishni so`raydi.

 

"YoRDAM BERING, EVAZIGA 1.000 DOLLAR BERAMAN, DEDIM"

Sudlanuvchi sudda aybiga to`la iqror bo`lgan...

— “Agrobank” ATB Yangiqo`rg`on filialida 2004 yildan buyon ishlayman. 2018 yil 8 yanvarda rahbar bo`ldim. MChJ haqida hech qanday ma`lumotga ega emasman, bankda hisob raqam ochganini bilmayman. Hatto rahbarini ham ko`rmaganman. Bankda hisob raqam ochganini Namangan viloyat prokuraturasi bo`lim katta prokurori chaqirganida bildim. Bankda hisob raqam ochish bank bosh hisobchisining vazifasi. Jamiyatning  ikkilamchi hisob raqami ochilganidan xabarim yo`q. Bu haqda ham viloyat prokuraturasiga kelganimda bildim. Yangiqo`rg`on tuman DSIning 2018 yil 13 sentyabrdagi MChJ hisob raqamini yopish haqidagi qarori va aloqa xati bilan tanishmaganman. Ushbu qaror va xat bankka kelganidan xabarim yo`q. DSIga javob xati berishda ish joyimda bo`lmaganim sabab, javob xatiga o`rinbosarim imzoqo`ygan. Keyinchalik bankda qolgan xatning ikkinchi nusxasiga imzo qo`yganman, ijrochi bank hisobchisi edi. U DSIga javob xati tayyorlab olib kirgan. Xatga imzo qo`yib berganman, lekin xat mazmuni bilan tanishmaganman. 2018 yil oktyabrning boshida Namangan viloyat prokuraturasi bo`lim prokurori ish yurituvchi, bank bosh hisobchisi va meni Yangiqo`rg`on tuman DSIning 13 sentyabrdagi MChJning hisob varaqlari bo`yicha chiqish amaliyotlarini vaqtincha to`xtatish haqidagi xati yuzasidan chaqirdi. Shu kuni katta prokuror barchadan tushuntirish xati oldi. Shuningdek, unga DSIning xati bo`yicha MChJning hisob raqami yopilgani bo`yicha Yangiqo`rg`on tuman DSIga berilgan javob xatini taqdim qildim. So`ng ish jo­ yimga qaytdim. 22 oktyabrda men va bank hisobchisini yana chaqirdi.

Tobim qochyapti, mashinangizni berib tursangiz, kardiologiya markaziga borib kelardim, – dedi hisobchim. Rozi bo`ldim. Uni shifoxonaga yuborib, o`zim katta prokurorning oldiga kirdim. Yana MChJ hisob raqami bo`yicha tushuntirish xati yozdim.

Mijozni tanimayman, bankdagi hisob raqamida pul aylantirilmagan. Mijoz pul aylanmalarini boshqa bankda amalga oshirgan. Xodimlarimga qonuniy yordam bering, imkon qadar tergovga kamroq chaqiring, evaziga 1.000 AQSh dollari beraman, – dedim.

O`ylab ko`raman, javobini keyin aytaman, – dedi katta prokuror.

Sudda uch nafar guvohning ko`rsatmasiga ko`ra, katta prokuror rahbarga qonuniy chora ko`rishni so`rab viloyat prokuroriga bildirgi bilan murojaat qilgan. Bildirgida ko`rsatilgan vajlarning qonuniyligini tekshirish maqsadida viloyat prokuraturasi, Namangan shahar IIB EKB mutaxassisidan iborat tergov­tezkor guruhi tuzilgan. 

Rejaga ko`ra, 23 oktyabrda katta prokuror bank rahbariga qo`ng`iroq qiladi:

Tushlikni birga Namangandagi kafeda qilamiz.

Bank rahbari aytilgan kafega joy tayyorlatadi, birga tushlik qilishadi.

Ishxonangizga tashlab qo`yaman. Pulni yo`lda beraman, – deydi bank rahbari.

Shu erda berasan,– deganidan so`ng bank rahbari mashinasidan1.000 AQSh dollarini olib keladi.

— Pulni konvertga solib, kurtkamning cho`ntagiga solib qo`y, – deydi. Aytganini qilgach, organ xodimlari tomonidan qo`lga olingan.

Sudda “katta prokurorga bank xodimlarini sarson qilmay, qonuniy yordam qilishi uchun pora sifatida berdim. Qilmishimdan chin ko`ngildan pushaymonman”, deya engillik so`radi.

Sudlanuvchining aybi, to`liq iqroridan tashqari, dalillar bilan ham o`z isbotini topgan.

 

Xayrullo HAZRATQULOV, jinoyat ishlari bo`yicha To`raqo`rg`on tuman sudi raisi:

— Jinoyat ishlari bo`yicha To`raqo`rg`on tuman sudi tomonidan sudlanuvchiga JK 211­moddasining 1­qismi bilan JK 45­moddasini qo`llab, 1 yil moddiy javobgarlik va mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, eng kam oylik ish haqining 90 baravari miqdorida 16.587.000 so`m jarima jazosi tayinlandi. JK 62­moddasi tartibida 2018 yil 23 oktyabr kunidan 2019 yil18 yanvar kuniga qadar qamoqda saqlangan 88 kunining har bir kunini eng kam oylik ish haqining ikkidan bir qismiga tenglashtirib hisoblab, to`lash uchun eng kam oylik ish haqining 46 baravari miqdorida 8.477.800 so`m jarima jazosi qoldirildi.

Unga nisbatan qo`llanilgan qamoq ehtiyot chorasi bekor qilindi va darhol sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

 

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1